Kontraktatsiya shartnomasi
Kontraktatsiya shartnomasiga muvofiq qishloq xoʻjaligi mahsulotini yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi mahsulotini qayta ishlash yoki sotish uchun bunday mahsulotni xarid qiladigan shaxsga –– tayyorlovchiga shartlashilgan muddatda topshirish (topshirib turish) majburiyatini oladi, tayyorlovchi esa bu mahsulotni qabul qilish (qabul qilib turish), uning haqini shartlashilgan muddatda muayyan bahoda toʻlash (toʻlab turish) majburiyatini oladi. (FK 465-modda)
