logo

ADOLATLILIK PRINSIPI

Soliqlar va yigʻimlar kamsitish xususiyatiga ega boʻlishi hamda ijtimoiy, irqiy, milliy, diniy va boshqa shu kabi mezonlardan kelib chiqqan holda qoʻllanilishi mumkin emas. Mulkning shakliga, jismoniy shaxslarning fuqaroligiga yoki kapitalning kelib chiqish mamlakatiga qarab farqlangan soliq stavkalarini, soliq imtiyozlarini yoki boshqa afzalliklarni belgilashga yoʻl qoʻyilmaydi. Fuqarolarning oʻz konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirishiga toʻsqinlik qiladigan soliqlarni belgilashga yoʻl qoʻyilmaydi (Soliq kodeksi 10-modda)

Izohlar (0)