logo

OʻRMON FONDI YERLARIDAN FOYDALANISH QOIDALARINI BUZISH

Tegishli ruxsat olmay turib, imorat solish, yogʻochni qayta ishlash, omborlar va boshqa inshootlar qurish maqsadida oʻrmon fondi yerlaridagi daraxtni kundakov qilish, oʻrmon fondi yerlarida pichanzorlar va yaylovlarni shikastlantirish, oʻzboshimchalik bilan pichan oʻrish, drenaj tizimlarini va yoʻllarni yoʻq qilish yoki shikastlantirish —fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Oʻrmon fondi yerlarida chorva mollarini oʻtlatish qoidalarini buzish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi(MJK77-modda)

Izohlar (0)