Rekvizitsiya
Tabiiy ofatlar, avariyalar, epidemiyalar, epizootiyalar yuz bergan taqdirda va favqulodda tusdagi boshqa vaziyatlarda mol-mulk jamiyat manfaatlarini koʻzlab, davlat hokimiyati organi qaroriga muvofiq mulkdordan unga mol-mulkning qiymatini toʻlagan holda qonunchilikda belgilangan tartibda va shartlar asosida olib qoʻyilishi mumkin (rekvizitsiya). (FK 203-modda)
