logo

QARSHI DA’VO

Agar hakamlik muhokamasi taraflari boshqacha shartlashmagan bo‘lsalar, hakamlik sudi nizo bo‘yicha hal qiluv qarori qabul qilguniga qadar javobgar dastlabki da’vo bilan birga ko‘rib chiqish uchun da’vogarga qarshi da’vo taqdim etishga haqlidir. Qarshi da’vo quyidagi hollarda dastlabki da’vo bilan birga ko‘rib chiqilishi mumkin: 1) qarshi da’vo dastlabki da’voni hisobga olishga qaratilgan bo‘lsa; 2) qarshi da’voning qanoatlantirilishi dastlabki da’voni qanoatlantirishni to‘liq yoki qisman mumkin bo‘lmaydigan qilib qo‘ysa; 3) qarshi da’vo bilan dastlabki da’vo o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik bo‘lib, ularni birgalikda ko‘rib chiqish nizoni tezroq va to‘g‘riroq hal qilishga olib kelsa.

Izohlar (0)