logo

MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI ORGANLARINING UY-JOY MUNOSABATLARINI TARTIBGA SOLISH SOHASIDAGI VAKOLATLARI

uy-joy to‘g‘risidagi qonunchilikning ijrosini ta’minlash, uy-joy fondini va kommunal obyektlarni boshqarishni tashkil etish, o‘z tasarrufidagi hududda kommunal xizmatlarga oid tarif siyosatini belgilangan tartibda shakllantirish, uy-joy fondini hisobga olish, davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash va fuqarolarga ijara shartnomasi shartlari asosida berish, davlat uy-joy fondidagi turar joylarni ulardan belgilangan maqsadda foydalanish uchun yuridik shaxslarga arenda shartnomasi shartlari asosida berish, uy-joy fondidan foydalanilishi va uning asralishi, aholiga ko‘rsatiladigan kommunal xizmatlar sifati ustidan nazoratni ta’minlash, aholining ijtimoiy jihatdan himoyalanmagan va kam ta’minlangan toifalari orasidan uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarni hisobga olish hamda ularni aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan uy-joy bilan ta’minlash, fuqarolarning ijtimoiy jihatdan himoyalanmagan va kam ta’minlangan toifalari uchun uy-joy qurish, uy-joy quruvchilarga uy-joy qurish uchun, shuningdek uy-joy mulqdorlarining shirkatlariga doimiy foydalanishga belgilangan tartibda yer uchastkalari berish, uy-joy fondiga xizmat ko‘rsatuvchi kommunal xizmat ko‘rsatish, ijtimoiy va transport infratuzilmasi obyektlarining lozim darajada saqlanishi hamda rivojlantirilishini ta’minlash, davlat uy-joy fondining turar joylarini bronlashtirish va almashtirish; (Uy-joy kodeksi 5-modda)

Izohlar (0)