logo

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING YER MUNOSABATLARINI TARTIBGA SOLISH SOHASIDAGI VAKOLATLARI

Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlariga kiradi: yerlardan oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilish sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish; ushbu Kodeksga, boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq yer munosabatlarini tartibga solish to‘g‘risida normativ hujjatlar qabul qilish; tuproq unumdorligini oshirish, yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish yuzasidan davlat dasturlarini tasdiqlash; qishloq xo‘jaligining tabiiy moslashuvi jihatidan yerlarni rayonlashtirish, yer tuzishni, yer monitoringi o‘tkazilishini va davlat yer kadastri yuritilishini tashkil etish; davlat mulkidagi yerlarni tasarruf etish; yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishda vazirliklar hamda idoralarning faoliyatini muvofiqlashtirish; yerga egalik qilish va undan foydalanish, shuningdek yer uchastkasini ijaraga olish huquqlarini belgilangan tartibda ushbu Kodeksning 36-moddasiga muvofiq bekor qilish; yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini tashkil etish; yer munosabatlarini tartibga solish sohasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlariga kiradigan boshqa masalalarni hal qilish. (Yer kodeksi 4-modda, 12-moddasining ikkinchi qismi, 13-moddasining uchinchi qismi, 14-moddasi uchinchi qismi, 15-moddasi ikkinchi qismi, 23-moddasi ikkinchi qismi, 24-moddasi ikkinchi, o‘ninchi qismlari, 25-moddasi uchinchi qismi, 36-moddasi to‘rtinchi qismi, 37-moddasi, 44-moddasi uchinchi qismi, 45-moddasi uchinchi qismi, 87-moddasi to‘rtinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 9-moddasi, 28-moddasi to‘rtinchi qismi, 41-moddasi uchinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat yer kadastri to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasi, 11-moddasi ikkinchi qismi, 13 moddasi uchinchi qismi, 20-moddasi ikkinchi qismi, 23-moddasi ikkinchi qismi.)

Izohlar (0)