logo

YER TO‘G‘RISIDAGI QONUNCHILIKNING ASOSIY PRINSIPLARI

Yer to‘g‘risidagi qonunchilik quyidagi asosiy prinsiplarga asoslanadi: eng muhim tabiiy resurs, fuqarolar hayotiy faoliyatining asosi tariqasida yer fondini asrash, tuproq sifatini yaxshilash hamda uning unumdorligini oshirish; yerlardan oqilona, samarali va belgilangan maqsadda foydalanishni ta’minlash; qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlarning, eng avvalo sug‘oriladigan yerlarning alohida muhofaza etilishini, kengaytirib borilishini hamda ulardan qat’iy belgilangan maqsadda foydalanishni ta’minlash; qishloq xo‘jaligi yerlarining unumdorligini oshirish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash hamda yerlarni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirishni davlat yo‘li bilan va boshqa tarzda qo‘llab-quvvatlash; yerga va butun atrof tabiiy muhitga zarar yetkazilishining oldini olish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash; yerga egalik qilish va undan foydalanish shakllarining xilma-xilligi, yer munosabatlari ishtirokchilarining teng huquqliligini ta’minlash hamda ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya etish; yerdan foydalanganlik uchun haq to‘lash; yerlarning holati haqidagi axborotning to‘liq bo‘lishini hamda undan erkin foydalanishga yo‘l qo‘yilishini ta’minlash (Yer kodeksi 2-modda, mazkur Kodeksning 40-moddasi birinchi qismi 3, 7-bandlari, 79-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 2-moddasi birinchi qismi, 16, 17-moddalari, mazkur Kodeks 40-moddasi birinchi qismining 1-bandi, 48-moddasining 1, 2-bandlari, O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni 3-moddasining birinchi, ikkinchi xatboshilari, mazkur Kodeks 48-moddasining 3, 4, 6, 8-bandlari, 79-moddasi. Mazkur Kodeksning 82-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi XVI bo‘limi (Yer solig‘i). O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni 3-moddasining birinchi, beshinchi xatboshilari, 16-moddasi. Mazkur Kodeksning 17 — 20, 24-moddalari. Mazkur Kodeksning 28-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining XVI bo‘limi (Yer solig‘i).

Izohlar (0)