logo

AJRIM CHIQARISH

Sud ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda ajrim chiqaradi. Ushbu Kodeksda toʻgʻridan-toʻgʻri nazarda tutilgan hollarda, sudning ajrimi alohida sud hujjati tarzida chiqariladi. Uncha murakkab boʻlmagan masalalarni hal qilishda sud joyida ajrim chiqarishi mumkin. Bunday ajrim sud majlisining bayonnomasiga yozib qoʻyiladi va unda u qaysi masala yuzasidan chiqarilgani, sud oʻz xulosalarini chiqarishiga olib kelgan sabablar hamda koʻrib chiqilayotgan masala boʻyicha xulosa koʻrsatiladi (Iqtisodiy protsessual kodeksi 195-modda)

Izohlar (0)