logo

DALILLAR TUSHUNCHASI VA ULARNING TURLARI

Ish boʻyicha dalillar ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan tartibda olingan faktlar haqidagi maʼlumotlar boʻlib, ular asosida sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning talablari va eʼtirozlarini asoslovchi holatlar, shuningdek nizoni toʻgʻri hal qilish uchun ahamiyatga ega boʻlgan boshqa holatlar mavjudligini yoki mavjud emasligini aniqlaydi. Bunday maʼlumotlar yozma va ashyoviy dalillar, ekspertlarning xulosalari, mutaxassislarning maslahatlari (tushuntirishlari), guvohlarning koʻrsatuvlari, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari bilan aniqlanadi. Qonunni buzgan holda olingan dalillardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi (Iqtisodiy protsessual kodeksi 7-bob 66-modda, mazkur Kodeksining 75, 77, 86 — 89-moddalari)

Izohlar (0)