logo

DAVLAT SUVERENITETI

(fr. souveraineté – oliy hokimiyat) – bu davlat hokimiyatining mamlakat ichkarisi va xalqaro maydonda oliyligi va ustunligini tavsiflovchi majmuaviy belgidir. Ichki davlat suvereniteti – bu davlat hokimiyatining davlat ichkarisidagi oliyligi bo‘lib, bu uning ommaviy hokimiyat apparati siymosida qonun yaratish faoliyati, oliy sudlov va davlat majburlovini qo‘llash borasida monopoliyaga ega ekanligida ifodalanadi. Tashqi davlat suvereniteti – bu davlatning xalqaro maydonda o‘z ichki va tashqi siyosatini mustaqil tarzda belgilash huquqidir.

Izohlar (0)