logo

AHOLINI ISH BILAN TAʼMINLASH TOʻGʻRISIDAGI QONUNCHILIKNI BUZISH –

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat qoʻshimcha kafolatlarni taʼminlaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini yaratishga doir qarorlarini bajarmaslik, mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Mahalliy mehnat organlari tomonidan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga ishga yuborilgan shaxslarni ishga qabul qilishni boʻsh ish oʻrinlari (vakant lavozimlar) mavjud boʻlgani holda asossiz ravishda rad etish, shuningdek ish oʻrinlarining belgilangan eng kam soni hisobidan ish oʻrinlariga ishga joylashtirishni asossiz ravishda rad etish, xuddi shuningdek avval talabnoma berilgan, kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga va malakasini oshirishga yuborilgan shaxslarni ishga qabul qilishni asossiz ravishda rad etish, mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etish, mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi(MJK 50-modda)

Izohlar (0)