Subsidiar javobgarlik
Qonunchilik yoki majburiyat shartlariga muvofiq asosiy qarzdor boʻlgan boshqa shaxsning javobgarligiga qoʻshimcha ravishda javobgar boʻlgan (subsidiar javobgarlik) shaxsga talablar qoʻyishdan oldin kreditor asosiy qarzdorga talab qoʻyishi kerak. Subsidiar javobgar shaxs oʻziga kreditor tomonidan qoʻyilgan talabni qondirishdan oldin bu haqda asosiy qarzdorni ogohlantirishi, bordi-yu bunday shaxsga nisbatan daʼvo qoʻzgʻatilgan boʻlsa — asosiy qarzdorni ishda qatnashishga jalb qilishi kerak. Aks holda asosiy qarzdor oʻzining kreditorga qarshi eʼtirozlarini subsidiar javobgar shaxsning regress talabiga qarshi qoʻyish huquqiga ega. (FK 329-modda)
