Majburiyat -
Majburiyat — fuqarolik huquqiy munosabati boʻlib, unga asosan bir shaxs (qarzdor) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga muayyan harakatni amalga oshirishga, chunonchi: mol-mulkni topshirish, ishni bajarish, xizmatlar koʻrsatish, pul toʻlash va hokazo yoki muayyan harakatdan oʻzini saqlashga majbur boʻladi, kreditor esa — qarzdordan oʻzining majburiyatlarini bajarishni talab qilish huquqiga ega boʻladi. (FK 234-modda)
