O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLARIGA YAKKA TARTIBDA UY-JOY QURISH VA UY-JOYNI OBODONLASHTIRISH UCHUN YER UCHASTKALARINI REALIZATSIYA QILISH
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun 0,04 gektargacha yer uchastkalari elektron onlayn-auksion orqali mulk huquqi asosida realizatsiya qilinadi. Yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilishda yer uchastkalarini muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash shartlari nazarda tutilishi kerak. (Yer uchastkasi 27-moddasi)
