logo

APELLYATSIYA INSTANSIYASI SUDINING VAKOLATLARI —

Birinchi instansiya sudining qarori ustidan apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrib chiqish natijalariga koʻra, apellyatsiya instansiyasi sudi quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi: 1) birinchi instansiya sudi qarorini oʻzgarishsiz, shikoyatni (protestni) esa qanoatlantirmay qoldirish toʻgʻrisida; 2) birinchi instansiya sudi qarorini, shuningdek organning (mansabdor shaxsning) qarorini bekor qilish va ishni maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzgan organga (mansabdor shaxsga) qaytarish haqida; 3) birinchi instansiya sudi qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish va yangi qaror chiqarish toʻgʻrisida; 4) birinchi instansiya sudi qarorini bekor qilish va ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida; 5) jazo chorasini kuchaytirmagan holda uni maʼmuriy huquqbuzarlik uchun javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatida nazarda tutilgan doirada oʻzgartirish haqida; 6) apellyatsiya shikoyati (protesti) qaytarib olinishi munosabati bilan apellyatsiya ish yuritishini tugatish toʻgʻrisida. Apellyatsiya instansiyasi sudining qarori chiqarilganidan keyin darhol oʻqib eshittiriladi. Apellyatsiya instansiyasi sudining qarori u oʻqib eshittirilgan paytdan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi. Apellyatsiya instansiyasi sudining qarori ustidan kassatsiya tartibida shikoyat (protest) berilishi mumkin(MJK3248-modda)

Izohlar (0)