logo
name

Raximov Miryoqub Aktamovich

Raximov Miryoqub Aktamovich 1989-yil 14-iyunda Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida tugʻilgan. Oilali, ikki nafar farzandi bor. U 2010-2014-yillarda Toshkent davlat yuridik universitetining bakalavriat, 2014-2016-yillarda magistraturasida tahsil olgan. Oʻz mehnat faoliyatini 2014-yil TDYUU Biznes huquqi kafedrasida kabinet mudiri lavozimidan boshlagan. 2016-yilda Mehnat huquqi kafedrasiga oʻqituvchi sifatida ishga qabul qilingan. Shuningdek, 2018-yilda Magistratura boʻlimi boshligʻi lavozimda ishlagan. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2019-yil 23-fevraldagi 52/1-ICH son buyrugʻi asosida Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi qonuni va Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi loyihasini ishlab chiqish boʻyicha ish guruhda aʼzo sifatida ishtirok etgan. U 20 dan ortiq ilmiy ishlari muallifi sanaladi. Mehnat huquqi, Ijtimoiy taʼminot huquq modullaridan darslik hamda oʻquv qoʻllanmalari chop etilgan. M.Raximov 2021-yil 30-iyulda yu.f.d., dos. M.Gasanov rahbarligida “Xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish (qiyosiy-huquqiy tahlil)” mavzusida dissertatsiya ishini himoya qilib, yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga loyiq koʻrilgan. hozirgi kunda Mehnat huquqi kafedrasi katta oʻqituvchisi sifatida faoliyat yuritmoqda, uchinchi darajali yurist martaba darajasiga ega. U telegram messendjeridagi Mehnat huquqi (https://t.me/mehnathuquqi) kanali hamtaʼsischi, internetdagi Mehnat huquqi (http://labourlaw.uz/) domen nomining maʼmuri va sayti asoschisi hisoblanadi.