logo
name

Gulyamova Gulnora Yakubovna

G.Gulyamova 2005-yilda “O'zbek yuridik terminologiyasining Istiqlol davri taraqqiyoti” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.

G.Gulyamova 1998-yildan boshlab Toshkent davlat yuridik instituti “O'zbek tili va adabiyoti” kafedrasida faoliyat ko'rsatmoqda. Uning 2ta monografiyasi, 70dan ortiq ilmiy maqolasi (xorij va milliy nashriyotlarda), 20ga yaqindan o'quv va o'quv-uslubiy qo'llanmasi, 5ta risolasi chop etilgan. U universitet hayotida faol ishtirok etib kelmoqda. 2014-2016 yillar mobaynida universitet Xotin-qizlar kengashi boshlang'ich tashkiloti raisi sifatida mehnat qilgan. Universitet ayol va qizlari bilan qator tadbirlar o'tkazgan. Zulfiyaxonim mukofotiga nomzodlar tayyorlagan.

Uning mehnati davlatimiz, universitet rahbariyati va Adliya vazirlgi tomonidan munosib taqdirlangan. 2016-yilda O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan ko'krak nishoni sohibi bo'ldi. 2019-yilda “Mo''tabar ayol" ko'krak nishoni bilan taqdirlandi. Uning “Umumhuquqiy tezaurus – terminlar monosemantikligini ta'minlovchi omil” maqolasi “2018-yilning eng yaxshi maqolasi” nominatsiyasida g'olib bo'ldi.