logo
name

Ziyamuxamedova Shahnoza Tolkunovna

Ziyamuxamedova Shahnoza Tolkunovna 1970-yil 25-sentabrda Toshkent shahrida tug`ilgan. 1987-yil Toshkent davlat universiteti (hozirgi O`zMU)ga o`qishga kirgan, 1992-yil “filolog, o`zbek tili va adabiyoti o`qituvchisi” mutaxassisligi bo`yicha imtiyozli diplom bilan tugatdi. «O`zbek tili axborot-kommunikatsiya terminlari» mavzusida ilmiy tadqiqot olib bormoqda. Uning 30 dan ortiq ilmiy maqolalari va 1ta monografiyasi, 1ta darslik, 5ta o`quv qo`llanmasi (hammualliflikda), 6ta o`quv-uslubiy qo`llanma hamda yuridik terminllarning lug`at-tezaurusi e’’lon qilingan. Sh.Ziyamuxamedova 15ta xalqaro va respublika ilmiy konferensiyalarda ma’ruzalari bilan qatnashgan.