logo
name

Yuldashov Abdumumin Abdugopirovich

TDYU Intellektual mulk huquqi kafedrasi dotsenti. Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasi Mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish jamiyati raisi o'rinbosari va patent vakili hisoblandi. Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar, tovar belgilari va patent huquqi bo'yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish bilan birga, ushbu yo'nalishda amaliyotni yuritadi. Butunjahon intellektual mulk tashkiloti Mediatsiya va Arbitraj markazi yosh a'zosi, shuningdek ushbu tashkilot scholari ham hisoblanadi. Intellektual mulk huquqi yo'nalishiga doir 80dan ortiq ilmiy-o'quv ishlar muallifi. Ushbu yo'nalishda Buyuk Britaniya, AQSh, Yaponiya, Xitoy, Turkiya mamlakatlarida malaka oshirgan. Mualliflar uchun haq yig'ish va taqsimlash bo'yicha avtomatlashirilgan elektron tizim muallifidir. Intellektual mulkka doir zamonaviy ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib boruvchi faol olimlardan biri hamda O'zbekistonda ushbu sohani rivojlantirayotgan mutaxassis.