logo
name

Sharipov Rustam Xusnitdinovich

Аdabiyotshunos va huquqshunos olim. Jadidlarning siyosiy-huquqiy qarashlariga oid bir qator tadqiqotlari hamda koʼp tillik yuridik lugʼatlari nashr etilgan. АQShning Нarvard, Yaponiyaning Nagoya va Turkiyaning Ege universitetlarida maʼruzalar oʼqib qaytgan. Oʼzbekiston Respublikasi Oliy majlisi qoʼmitasi eksperti sifatida faoliyat olib borgan. “Kinematografiya toʼgʼrisida”gi Qonun, shuningdek boshqa bir qator normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda ishtirok etgan. 3ta monografiya, 3ta oʼquv qoʼllanma, 11ta yuridik lugʼat, 14ta broshura, 2ta tarjima kitobi va 200ga yaqin ilmiy maqolalar muallifi. Bugungi kunda Toshkent davlat sharqshunoslik unіversiteti «Tarjimashunoslik va xalqaro jurnalistika» kafedrasi dotsenti sifatida faoliyat olib bormoqda.